Samarqand yangiliklari
10:58, 14 февраля 2026 гSamarqand aeroportida ayollarni Turkiyaga jinsiy ekspluatatsiya uchun olib chiqishga urinish to‘xtatildi
0:00
0:00
Toshkent viloyati IIV Bosh boshqarmasi va MDX xodimlari tomonidan tashkil etilgan jinoyatchilikka qarshi operativ-profilaktika tadbirlari davomida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi. Bu haqda UzNews axborot agentligi Toshkent viloyati IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga tayanib ma’lum qildi.
Xususan, Samarqand xalqaro aeroportida fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida Turkiyaga ketayotgan 22 va 36 yoshli Toshkent viloyati aholisi ayollar qo‘lga olindi.
Ularning aviabiletlari va boshqa xarajatlarini hozirda Turkiyada yashovchi 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘lagani aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov olib borilmoqda.





