Samarqand yangiliklari
09:39, 12 февраля 2026 гOtaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahrida o‘ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari, ularni qiynayotgan masalalar hamda kelgusidagi rejalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida bandlik, ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar viloyat hokimiga murojaat qilishdi. Har bir murojaat tinglanib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan vazifalar yuklandi.
Ta’kidlanganidek, otaliqqa olingan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. Har bir yoshning muammosi e’tibordan chetda qolmasligi, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Eng mashhur
Samarqand yangiliklari
Samarqandda 15 yoshli o‘smir, ijaraga olgan avtomobili bilan jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
30 YanvarSamarqand yangiliklari
Samarqandda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
14 FevralSamarqand yangiliklari
Samarqand aeroportida ayollarni Turkiyaga jinsiy ekspluatatsiya uchun olib chiqishga urinish to‘xtatildi
14 FevralSamarqand yangiliklari
Samarqandda pora evaziga haydovchilik guvohnomasi olib byermoqchi bo'lgan shaxs ushlandi
12 FevralSamarqand yangiliklari
Otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
12 FevralXalqaro Yangiliklar
Oy shahri qurilishi kamida 10 yil davom etadi — Mask
10 FevralVideo Yangiliklari





